Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan avariyada 18 kishi halok bo‘ldi


Xitoyning Xunan provinsiyasidagi konda yuz bergan avariyada kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Xuanfensyao shahridagi ko‘mir konida zaharli gaz sizishi ro‘y berdi. Bu payt konda 55 kishi bo‘lgan.

Qutqaruvchilar 37 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, ular kasalxonalarga joylashtirildi. Hodisa joyida ekspertlar ishlamoqda.

Latest from Blog