Xitoyda yuk mashinasining ag’darilib ketishi natijasida 12 kishi halok bo’ldi


3-aprel kuni Xitoyning Hunan viloyatida yuk mashinasining ag‘darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 19 kishi turli tan jarohati oldi. Bu haqda mahalliy huquq organlariga tayanib Sinhua nashri xabar qilmoqda.

Hodisa Chenchjou okrugining Susyan tumanida mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi hamda yuk mashinasi tegishli bo‘lgan kompaniya vakili tergov uchun olib ketilgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.

YTH sabablari o‘rganilmoqda. Tergov ishlari boshlangan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar