Xitoyda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda


Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti o‘zbek tili kafedrasi mudiri U. Ayjun Xitoyda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani haqida “O‘zbekiston va XXR: 25 yillik o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzusida davra suhbati chog‘ida aytdi. Kafedra mudiri shunday dedi:

– Keyingi paytlarda XXRning ko‘plab universitetlarida bizniki singari kafedralar tashkil etilmoqda va ularda talabalarga nafaqat o‘zbek tili, balki O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va zamonaviy rivojlanishi o‘rgatilmoqda.

Fudan universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo davlatlarini o‘rganish instituti direktori o‘rinbosari Tan Chjuchanning fikriga ko‘ra, xalqaro va mintaqaviy siyosatning ko‘plab masalalari yuzasidan Pekin va Toshkentning yondashuvlari bir-biriga mos keladi yoki yaqin.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijiy ishbilarmon doiralar vakillarini jalb etish va qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish borasidagi mutlaqo yangi va oqilona siyosati tufayli savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘rsatkichlari jadal o‘smoqda. Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik muvaffaqiyatli ildamlamoqda, turli festivallar, kino kunlari, fotoko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Yaqinda Shanxayda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining ochilishi ikki tomonlama munosabatlarda haqiqatan ham tarixiy voqyea bo’ldi. O‘zbekistonning xitoylik sayohatchilar uchun eng sevimli manzilga aylanib borayotgani haqidagi dalilni alohida qayd etishni istardim. Yurtdoshlarimizning mamlakatingizdagi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shaharlar bilan tanishishga bo‘lgan qiziqishlari tobora ortmoqda.

Latest from Blog