Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi, deya O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Unga ko‘ra, Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan insonparvarlik yordami O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mutasaddilari tomonidan qabul qilib olingan.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardan tashkil topgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy mart oyi oxirida O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi. Shuningdek, Janubiy Koreya, BAA va boshqa mamlakatlar O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini jo‘natgandi. O‘z o‘rnida, O‘zbekiston insonparvarlik yordamini qo‘shni Tojikiston, Qirg‘izston va boshqa davlatlarga yuborgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog