Xitoy O‘zbekistondan gaz sotib olishni to‘xtatdi

O‘zbekiston gazini Xitoyga eksport qilish 2017-yilning dastlabki uch oyida to‘liq to‘xtatildi. Bu Xitoy O‘zbekistondan gaz import qilishni boshlagan 2012-yildan beri gaz yetkazib berish ilk marotaba to‘xtatilmoqda, deb yozadi Sof.uz.

O‘zbekistondan Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi ta’minot to‘xtatilishidan oldin oxirgi 4 oy davomida muntazam kamayib borgan. O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistondan Xitoyga sotilgan gaz miqdori oxirgi bir yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.

O‘zbekiston Xitoyga gaz eksport qilishni 2012-yilda boshlagan edi. 5 yil davomida Xitoyga gaz yetkazib berish muntazam amalga oshirilgan. O‘tgan yilning bahorida O‘zbekiston orqali o‘tadigan Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘i qurilishi boshlangan va yil oxirigacha bitkazish rejalashtirilgan edi. Ammo qurilish ishlari to‘xtab qolgan. Gaz quvuri qurilishi shu yilning ikkinchi yarmida ishga tushishi aytilmoqda.

Latest from Blog