Xitoy – O‘zbekiston o‘yini hakamlari va uchrashuvning boshlanish vaqti ma’lum qilindi

FIFA JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston o‘yiniga rasmiylarni tayinladi va uchrashuv boshlanish vaqtini belgilab berdi.

Mazkur o‘yinni Shri-Lanka mamlakati hakamlari boshqarib boradi. Bosh hakam vazifasini Krishanta Dilan Perera Xettikankanamge bajaradi. Unga qanotlarda Priyanga Namal Palliya Guruge hamda Palita Parrakrama Denie Gedara yordam beradi.

Zaxira hakami vazifasi Kuttiappa Rajarantam Prashant Rajakrishnaga yuklatildi. BAA vakili Ali Muhammad Bujsaim Shri-lankalik hakamlar ishiga baho beradi. O‘yin komissari – Xoay An Li (Vetnam).

Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi Uxan shahridagi Wuhan Sports Center maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar