Foto: bk55.ru

Xitoy aholisi 2010-yildan beri 72 millionga oʻsdi

/

Xitoy aholisi 1 milliard 411 million 780 ming kishiga yetdi, bu 2010 yilga nisbatan 72 millionga yoki 5,38 foizga koʻpaygan, deya xabar beradi seshanba kuni Xitoyning 7-sonli aholini roʻyxatga olish natijalari.

Oʻrtacha ushbu davrda mamlakat aholisi yiliga 0,53 foizga oʻsgan boʻlsa, 2000 yildan 2010 yilgacha oʻrtacha yillik oʻsish 0,57 foizni tashkil etdi.

Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Xitoyda 723 million 339 ming 956 erkak, yaʼni umumiy aholining 51,24%, ayollar esa 688 million 438 ming 768 yoki 48,76% ni tashkil qiladi.

16 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan Xitoyning mehnatga layoqatli aholisi 880 million kishini tashkil qiladi, dedi Xitoy Davlat statistika idorasi rahbari Ning Tzichze. Bu degani, Xitoyning “ishchi kuchi hali ham koʻp”, deydi rasmiy.

Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda Xitoy aholisining oʻrtacha yoshi 38,8 yoshni tashkil etadi.

Mamlakatning materik aholisi 0 yoshdan 14 yoshgacha 253,38 million, 15 yoshdan 59 yoshgacha — 894,37 million, 60 yoshdan oshganlar — 264 million.

Aholisi boʻyicha Xitoy dunyodagi barcha mamlakatlar orasida 1-oʻrinni saqlab qoladi. Hindiston undan biroz orqada (1,389 milliarddan ortiq odam). Uchinchi oʻrinda AQSh (331 milliondan ortiq kishi) turadi.

Latest from Blog