Xalqaro valyuta fondi: Valyuta islohoti Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuksalishiga olib keladi

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan valyuta islohoti respublikaga yanada samarali iqtisodiyotga oʻtish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Xalqaro valyuta fondi matbuot xizmati.

Foto: РИА Новости

Xabar qilinishicha, XVFning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha departamenti direktori Jixad Azur 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda boʻlib, Oʻzbekistondagi qator rasmiy idora va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazgan. Uchrashuvlarda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va oʻtkazilayotgan islohotlar, xususan, almashuv kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha tadbirlar muhokama qilingan.

«Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida koʻplab toʻsiqlarni bartaraf etishiga toʻgʻri keladi, lekin mazkur islohotlar mamlakatga yanada samarali va oxir-oqibat rivojlangan iqtisodiy tizimga oʻtish imkoniyatini beradi», — degan Azur oʻz bayonotida.

Azur shuningdek, mamlakat hukumatini mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qizgʻin olqishlagan hamda XVF Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab rezident jismoniy shaxslar almashtirish punktlarida valyutani chegaralanmagan miqdorda sotish huquqiga ega boʻldilar.

Markaziy bank 5 sentyabrdan soʻmni deyarli ikki baravarga devalvatsiya qildi. Ilgari mamlakatda turli valyuta kurslari amal qilar, xususan, «qora» bozor va Markaziy bank kursi oʻrtasidagi tafovut ikki baravar edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar