Xalqaro Press-klubda BMT tashkil topgan kunga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

1 daqiqada oʻqiladi

24-oktabrda Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunga bag‘ishlangan barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kun butun dunyoda 1948-yildan buyon nishonlanadi. Joriy yil ayni paytda O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 25 yilligi bilan ham ahamiyatlidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi Doimiy vakili Xelena Freyzer O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Dasturiga ko‘maklashish borasida to‘xtalib o‘tdi.

BMTning mamlakatdagi faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida shuningdek YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann, JST ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens, YUNFPA’ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Miyeko Yabuta va BMT GJB Vakolatxonasining rahbari Ashita Mittal so‘zlab berishdi.





Foto: Xalqaro Press-klub

 

Latest from Blog