Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi mumkin

Oliy Majlis Senati tomonidan “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.

Senat.uz

Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishga koʻra, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga oʻtkazilmoqda.

Bunda Kotibiyatlar yuridik shaxs hisoblanishi va uning faoliyati tegishli mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirilishi, Kotibiyat tuzilmasi, shtatlar, xodimlarning mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlarni tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog