Xalq bankining Surxondaryo filiali yopilishi munosabati bilan rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq bankining Surxondaryo filiali Termiz Amaliyot boʻlimi yopilishi bilan bogʻliq video yana bir marta tarqaldi.

Foto: Fergana.ru

Ushbu murojaat boʻyicha bank axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2019-yil may oyida mavjud standartlardan kelib chiqib, bankning Surxondaryo filiali uchun uch qavatli zamonaviy, mijozlarga har tomonlama qulay boʻlgan muhtasham bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Uning birinchi qavatida esa yangidan Termiz Amaliyot boʻlimi ish boshladi. Hozir mazkur boʻlimda 54 nafar malakali xodim tomonidan aholiga bank xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

Qolaversa, ushbu amaliyot boʻlimini yopish va yangi filialni ishga tushirish boʻyicha toʻsatdan yoki shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilinmagan. Xususan, aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kengashining 2019-yil 24-iyuldagi 26/2-sonli majlis bayoni hamda Markaziy bank nazorat qoʻmitasining 2019-yil 27-dekabrdagi 178/2-sonli bayoniga muvofiq bankning Surxondaryo viloyati Termiz amaliyot boʻlimi oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Termiz amaliyot boʻlimi faoliyatini tugatish jarayoni mavjud qonunchiligimizga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu amaliyot boʻlimi xodimlariga mehnat qonunchiligida belgilangan miqdorlarda tovon pullari toʻlab berilgan, deyiladi rasmiy bayonotda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog