Xalq banki Oʻzbekistonda pensiya olishning yangi qoidalari haqida axborot berdi


Shu kunlarda Xalq banki matbuot-xizmati pensiya olish tartibi yuzasidan hamda savollar va takliflar masalasida qayerga murojaat qilish mumkinligi haqida maʼlumot berdi, deb xabar qilmoqda «Podrobno.uz» nashri.

Xabarga koʻra, pensionerlar oylik toʻlovlarni jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yigʻinlarida olishlari mumkin boʻladi. Jadvalda belgilangan vaqtda pensiyani olishga ulgurmaganlar oʻz pullarini boshqa kunlarda oladilar. Shuningdek, pensiyasi uyga olib kelib beriladigan shaxslar roʻyxati ham tuzilgan.

Mahalliy boshqaruv organlari uchun aholi uchun qulay boʻlgan maʼmuriy binolardan Xalq bankining maxsus kassalari faoliyati uchun bepul ravishda alohida xona ajratib berishlari kerak. Yuqoridagi qarorni hayotga tatbiq etish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarning barchasi respublika miqyosida 15-iyun sanasiga qadar oʻz nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Agar pensiya va nafaqalar berilishi tartibi haqida savollar boʻlsa, Xalq banki harakati (harakatsizligi) yuzasidan eʼtirozlar boʻlsa yoxud pensiya va nafaqalar berilishi tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar boʻlsa quyidagi manzillar boʻyicha murojaat qilish soʻraladi:

Xalq banki ishonch telefoni: (0371) 200-00-55 Boshqaruv Raisi virtual qabulxonasi: (0371) 236-16-23, br.xb.uz Elektron pochta manzili: murojaat@xb.uz

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar