Xakerlar Ispaniya hukumati veb-saytlariga hujum qildi

Anonymous guruhining xakerlari «Free Catalonia» (Ozod Kataloniya) operatsiyasini ishga tushirilishini e’lon qildi va ispan hukumatining bir nechta saytlariga hujum qildi. Bu haqda La Vanguardia gazetasiga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

Foto: Gazeta.ru

Qayd etilganidek, kiber-zo’ravonlikning birinchi qurboni bir sutka davomida ishlamay qolgan mamalakat Konstitutsion sudining sayti bo’ldi.  Keyin xakerlar Iqtisodiyot vazirligi, Adliya va taraqqiyot vazirliklarining saytlariga hujum qildi.

Bundan tashqari, Ispaniya Xalq partiyasining portali ham kiber-tajovuzlarga duch kelgan. Eslatib o’tamiz, 22-oktabr kuni soat 11.00 gacha saytlar qayta ishlashga kirishdi.

Shu bilan birga, 24-sentabr Anonymous guruhining xakerlari Kataloniyani nima uchun qo’llab-quvvatlayotganini tushuntirib bergan videoni chop etgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar