Xakerlar 500 million Facebook foydalanuvchisining shaxsiy maʼlumotlarini fosh qilishdi

/

500 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlari xakerlar forumida eʼlon qilindi. Insiderning xabar qilishicha gap yuzdan ortiq mamlakatlarning foydalanuvchilari haqida ketmoqda.

Bular telefon raqamlari, biografik maʼlumotlar va elektron pochta manzillaridir.

AQSHda 32 milliondan ortiq foydalanuvchi, Buyuk Britaniyada 11 million va Hindistonda 6 million foydalanuvchi zarar koʻrgan.

Hozir oshkor qilingan maʼlumotlar oʻtgan bir necha yillarga tegishli. Biroq, kiberjinoyatchilik bilan shugʻullanuvchi Hudson Rock kompaniyasining tahlilchisiga koʻra, firibgarlar eʼlon qilingan maʼlumotlar toʻplamini eʼtiborsiz qoldirmaydi.

Facebook maʼmuriyati foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarining tarqalishi haqidagi xabarlarga hali javob bermadi.

Avvalroq, rossiyalik xakerlar AQSH Davlat departamentidan pochta xabarlarini oʻgʻirlashda gumon qilingani haqida xabar qilingan edi.

Latest from Blog