“WISDOM” xususiy maktabida eng muhimi ta’lim, forma emas – bo’lg’usi dasturchilar o’qiyotgan maskanda bir kun

Bugungi kunda Oʻzbekiston taʼlim tizimida nodavlat taʼlim muassasalarining ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Albatta, xususiy maktablar sonining tez surʼatda oʻsishi, oʻquvchilar uchun yaratilayotgan xilma-xil qulayliklar, taʼlim sifati darajasining ortishi sohada raqobat muhitining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foto: Korrespondent.uz

Xoʻsh, bugun xususiy maktablarda holat, shart-sharoit qanday, pandemiya nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatiga qay darajada taʼsir koʻrsatdi, soha mutaxassislarining kelgusi rejalari nimalardan iborat kabi savollarga javob olish uchun “Korrespondent.uz” sayti poytaxtimizda joylashgan “WISDOM” NTM faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Korrespondent.uz

Mazkur nodavlat ta`lim muassasasi tashkil etilganiga endigina ikki yil boʻlganiga qaramasdan, rahbariyat va jamoa maqtanishga arzigulik natijalarga erishib ulgurdi. Muassasada dastlab faqat boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻqitilgan boʻlsa, hozirda maktab oʻrta sinf oʻquvchilarni ham bagʻriga olmoqda. Kelgusi yildan boshlab esa yuqori sinflarni ham tashkil etish rejalashtirilgan va ayni vaqtda yuqori sinf oʻquvchilari uchun maxsus dasturlar yaratilmoqda.

Foto: Korrespondent.uz

Maktabda matematika, ingliz tili, rus tili fanlari asosiy fanlar hisoblanadi. Bundan tashqari oʻquvchilar uchun fan toʻgaraklari, qoʻshimcha xorijiy tillarni oʻrganish darslari, shaxmat, taekvondo, badiiy gimnastika mashgʻulotlari ham tashkil etilgan boʻlib, bundan koʻzlangan asosiy maqsad, oʻquvchilarning ham aqliy ham jismoniy salohiyatini oshirishdir.

Foto: Korrespondent.uz

Haftada besh kun ertalabdan kechgacha maktabda boʻladigan, darslar, qoʻshimcha toʻgaraklar, sport mashgʻulotlariga qatnashadigan oʻquvchilar uchun muassasada barcha sharoitlar yetarli. Bu yerda bolalar uchun uch mahal ovqatlanish tartibi va sharoiti yoʻlga qoʻyilgan. Taomnomadan yosh bolalar, oʻsmirlar salomatligi uchun foydali, vitaminga boy mahsulotlardan tayyorlanadigan ovqatlar joy olgan. Shuningdek, maktabda shanba kunlari qoʻshimcha darslar, shaxmat saboqlari, “Zakovat” musobaqalari tashkil etiladi. Maktab oʻquvchilari orasida sport boʻyicha respublika chempionatlarida faxrli oʻrinlarni egallaganlari talaygina.

Foto: Korrespondent.uz

Maktabga oʻquvchilar suhbat asosida, 1-sinfdanoq qabul qilinadi. Taʼlim dargohida dars berayotgan ustozlar tajribali, salohiyati baland, pedagogik mahorati yuqori oʻqituvchilardir.

Foto: Korrespondent.uz

– Maktabimiz jamoasining oldiga qoʻygan maqsadi asosan boʻlgʻusi dasturchilarni tayyorlashdir, – deydi “WISDOM” NTM direktori Yoqubjon Xolmatov. – Shu bois matematika, ingliz va rus tili fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Bolaning aqliy salohiyati, zukkoligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda sportning roli ham katta. Ayniqsa, shaxmat sporti aqliy tafakkurga tayanadi va bizning maktabda oʻquvchilar uchun 1-sinfdanoq shaxmat darslari kiritilgan. Informatika saboqlarini oʻrgatish uchun zarur boʻlgan kompyuter sinfimiz ham bor. Ayni vaqtda maktabda oʻquvchilar soni 150 dan ziyod. Har bir sinfda 15-16 nafardan oʻquvchi oʻqiydi. Bundan tashqari maktabda bolalarni besh yoshdan qabul qiluvchi maktabga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilgan. Eng muhim jihatlardan biri, maktabimizda faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning koʻpchiligi oʻz sohasida yutuqlarga erishgan, pedagogik mahorati kuchli, xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlarimizning barchasi yuqori balli IELTS sertifikatiga ega.

Foto: Korrespondent.uz

Maktab rahbariyatining maʼlum qilishicha, joriy yilda pandemiya holati boʻlishiga qaramasdan oʻquvchilarni maktabga qabul qilish darajasi ikki baravarga koʻpaygan. Oʻtgan oylardagi kuchaytirilgan karantin vaqtida maktab jamoasi oʻquvchilar bilan toʻliq onlayn tarzda ishladi.

Foto: Korrespondent.uz

“WISDOM” NTMning boshqa maktablardan farqi – darslar, oʻqitish dasturlarining o`zgachaligi hamda fanlar orasiga mantiq darslarining kiritilgani, shunindek, oʻquvchilar uchun robototexnika mashgʻulotlarining kiritilganidir.

Foto: Korrespondent.uz

Bundan tashqari ushbu maktabda oʻquvchilardan uchun maxsus, majburiy forma talab etilmaydi. Maktab maʼmuriyati eʼtiborni bolaning kiyimi, formasiga emas koʻproq ilm-fanga qaratish fikri yoqlashadi.

Foto: Korrespondent.uz
Foto: Korrespondent.uz

Korrespondent.uz

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog