WhatsApp tarmogʻida vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beruvchi yangi Expiring Media funksiyasi paydo boʻldi. Bu haqda “WeBetaInfo” xabar qildi.

Mazkur funksiya yordamida foydalanuvchi ikkinchi tomonga u ochib koʻrishi va yozishmalardan chiqishi bilan oʻchib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborishi mumkin boʻladi. Bunday imkoniyat unga oʻta shaxsiy mediafayllarni yubormoqchi boʻlganda asqotishi taxmin qilinyapti.
Foydalanuvchilar chalgʻib ketmasligi uchun yoʻqolib ketuvchi xabarlar odatiylaridan grafik jihatdan farq qiladi.
Funksiya Android-smartfonlar dasturi uchun moʻljallangan beta-versiyasida mavjud. Keyinroq uning tizimi yangilanganda asosiy dasturda ham paydo boʻlishi kerak.