Welcome to Bukhara — ustida 50 kishilik guruh ishlagan videorolik (video)

Yosh kinoijodkorlar uyushmasi a’zolarining ilk mahsuloti — Welcome to Bukhara nomli imidjli viderolikning taqdimoti o‘tkazildi.

Dunyo standartlariga to‘liq javob bera oladigan mazkur videorolik ustida 50 kishilik guruh ishlagan bo‘lib, suratga olish jarayonlari ikki hafta davom etgan. Biroq videorolik loyihasi ustida ijodiy guruh ikki oydan ortiq mehnat qildi. Videorolik uchun alohida musiqa bastalangan bo‘lib, unda birorta ham tasodifiy kadr olinmagan, barcha kadrlar yuqori saviyada sahnalashtirilgan.

Videorolik g‘oyasi muallifi hamda rejissori o‘zining “U” qisqa metrajli filmi bilan tanilgan Muxlisa Azizova bo‘lib, u mazkur ishida Buxoroning go‘zalligi-yu, turistik salohiyatini nafaqat tarixiy obidalar, balki insonlar chehrasidagi baxt, quvonchda aks ettira olgan va bu bilan loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadga erishgan.

Ushbu videorolik 8-avgust kuni, Yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi o‘rtasida imzolangan anlashuv memorandumidan so‘ng tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

Latest from Blog