WannaCry xakerlar virusi dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar zarar keltirdi

WannaCry virusining global kiberhujumi dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar zarar keltirdi. Bu haqda McClatchyDC nashri KnowBe4 axborot xavfsizligi kompaniyasi ekspertiga tayanib xabar qilmoqda.

Foto: The Sun

Xabarga ko‘ra, virus tufayli turli tashkilotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida muammolarga duch kelgan.

WanaCrypt0r 2.0 virusi 12-maydan boshlab keng tarqala boshaldi. Xaker dasturi programmani shifrlaydi va pul talab qiladi.

13-may kuni virusni to‘xtatishni imkoni topilgan edi. Biroq dasturchilar virusning istalgan paytda qayta faollashib, zarar yetkazishda davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

 

 

Latest from Blog