The Wall Street Journal O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolani chop etdi

Amerikaning eng yirik va eng nufuzli nashrlaridan biri The Wall Street Journal O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolani chop etdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.

Foto: CNN Money

Maqola muallifi — gazeta muxbiri Yaroslav Trofimov O‘zbekiston qadam-baqadam dunyoga ochilib borayotganini qayd etdi.

O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, Trofimov mamlakat siyosiy tizimining liberalizatsiyasini, OAVlar erkin faoliyati uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilganini tilga oldi.

Maqoladan, shuningdek, O‘zbekiston hukumatidagi kadrlar o‘zgarishi ham o‘rin oldi, muallif yozishicha, unda “yosh texnokratlar” muhim o‘rinni egallaydi.

“Tashqi siyosatda Toshkent mintaqadagi qo‘shnilar bilan chegaralarni ochish yo‘li orqali aloqalarni normallashtirishga kirishdi”, — deya ta’kidladi muallif.

“Iqtisodiy sohada O‘zbekiston yaqinda milliy valyutaning ‘suzuvchi’ kursini joriy qildi. Bu iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir qiladi”, — deya ishonch bildiriladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyining boshida O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligida The Wall Street Journal gazetasi muxbiri Yaroslav Trofimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar