Vladimirdagi avariya: soʻnggi qurbon tanasi Oʻzbekistonga olib kelindi

2017-yilning 12-oktabr kuni «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAKning samolyotida Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir boʻlgan YTH oqibatida vafot etgan Oʻzbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toshkentga olib kelindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston FVV matbuot-xizmati.

mynewsdesk.com surati

Xabarda qayd etilishicha, vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketilgan.

2017-yil 6-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yoʻl stantsiyasida poyezd va avtobus toʻqnashuvi sodir boʻlgan.

YTH natijasida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017-yilning 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.

Latest from Blog