Virus blokatorlarini dorixonada sotish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son Qarori bilan tasdiqlangan, “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra:

Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, maʼdanli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qoʻshimchalarni realizatsiya qilishni ularning qoʻllanishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.

Maʼlumot uchun, virus blokatori – gigiyena ashyosi hisoblanib, undagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburugʻlardan tozalaydi. Lekin koronavirusdan himoya qilishi haqida ilmiy tasdiqlar mavjud emas.

Eslatib oʻtamiz, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq, foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan notoʻgʻri (bila turib yolgʻon) reklama taqiqlanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog