Videoda Prezident klaster vakili bilan birga kombayn kabinasida o‘tirganini ko‘rish mumkin. Kombayn boshqaruvini esa Shavkat Mirziyoyev o‘z qo‘liga olgan.

Bundan avval Surxondaryoga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygani hamda Sherobodda anorchilik bilan shug‘ullanuvchi oila bilan suhbatlashgani haqida xabar berilgandi.