Vazir oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev ishga qabul qilish boʻyicha eʼlon berdi

Xalq taʼlimi vazir oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev Facebookdagi oʻz sahifasida vazirlikning oʻquvchilar va yoshlar bilan ishlash boshqarmasida boshqarma boshligʻi (psixolog) lavozimiga nomzodlar koʻrib chiqilishi haqidagi post eʼlon qildi.

Foto: Xalqaro press-klub

Eʼlonda yozilishicha, talablar psixologiya mutaxassisligi boʻyicha bakalavr diplomi, bolalar psixologiyasi yoʻnalishida kamida 3 yillik kasbiy malaka boʻlishi kerak. Oʻzbek va rus tillarini mukammal darajada bilishi zarur hamda qoʻshimcha sifatida ingliz tilini ham biluvchilarga afzallik beriladi.

Shuningdek, qoʻshimcha afzallik ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan, tadqiqot xulosalari gazeta va jurnallarda chop etilgan, xalqaro konferentsiyalarda qatnashgan talabgorlarga beriladi.

Talabgorlarni saralash jarayoni 3 bosqichda oʻtkaziladi.

Saralab olingan talabgorlar «Yoshlar orasida suitsid muammosi va uning yechimi» va «Yoshlar orasida jinoyat muammosi va uning yechimi» mavzularida insho taqdim etishadi. Oʻz insholarida talabgorlar aynan vazirlik xodimi sifatida ushbu muammolarning yechimi uchun qanday amaliy ishlar olib borishlari, oʻzlarining rejalarinini bayon etishlari lozim.

Saralab olingan insho egalari vazirlikka suhbatga chaqiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar