Vazir Komilov AQSh va Kanada yahudiylari kongressi prezidenti bilan uchrashdi

1 daqiqada oʻqiladi

2017-yilning 24-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Foto: Uz24

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashkilot aʼzolarining asosiy qismini kelib chiqishi oʻzbekistonliklar tashkil etadi.

Uchrashuvda mazkur Kongress Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi anglashinuvni mustahkamlash, oʻzbek madaniyatini xususan klassik musiqa sanaʼtini xorijda ommalashtirishda muhim rol oʻynashi qayd etilgan.

Shu maʼnoda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

Latest from Blog