Vazir Kamilov Federika Mogerinini Samarqandga taklif etdi

2017-yilning 18-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, YEI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan oʻzaro aloqalarga oid qator masalalar muhokama qilindi va Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan «Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo» vazirlar uchrashuvida kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Kamilov Federika Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni taʼminlash muammolari boʻyicha xalqaro anjumanga taklif etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham koʻrib chiqildi, deyilgan xabarda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar