“Vatanparvar” gazetasi sobiq xodimi Vladimir Kaloshin 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Oʻzbekiston Harbiy sudi Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasi sobiq xodimi Vladimir Kaloshinni 12 yilga qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Fargʻona News”ga mahkumning qizi Anastasiya Episheva xabar bergan.

Foto: Fergana News

Hukm 4-mart kuni eʼlon qilindi. Kaloshin Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 157-moddasi (“Davlatga xiyonat”) bilan aybdor deb topildi. U Oʻzbekiston armiyasining podpolkovnik unvonidan mahrum qilindi.

Vladimir Kaloshin — harbiy nafaqaxoʻr, ikkinchi guruh nogironi. 1992-yil iyul oyidan beri ishlagan “Vatanparvar” gazetasidan 2007-yilda zaxirada nafaqaga chiqdi. U 2019-yil 2-iyul kuni erta tongda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog