Van Damm va Jeff Monson Oʻzbekistonga kelishlarini tasdiqlashdi

1

Aktyor Jan Klod Van Damm hamda yakkakurashchi Jef Monson Toshkentda boʻlib oʻtadigan «ASIAN FIGHT — 2017» xalqaro sport turnirida ishtirok etishadi. Bu haqda Oʻzbekiston Penchak Silat federatsiyasi raisi, «ASIAN FIGHT — 2017» xalqaro sport turniri tashkiliy qoʻmitasi raisi Aziz Joʻraboyev Darakchi.uz saytiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Foto: Hello Magazine

«Jan Klod Van Damm, Jef Monsonning ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar qoʻlimizda turibdi. Bu borada gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. Fyodor Yemelyanenkoning ogʻzaki tasdigʻi olingan. Endi rasmiy xatini kutyapmiz.

Faqatgina DJ Armin Van Byuren bilan vaqtlarimiz toʻgʻri kelmadi. Shu sababli uning kelmasligi aniq boʻlib ulgurdi. Lekin musiqa shaydolari tashvishlanmasa ham boʻladi. Ular kutgandan ham ajoyib syurprizlarimiz bor, uni keyinroq eʼlon qilamiz», dedi Aziz Joʻraboyev.

Uning aytishicha, turnirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun rossiyalik va gollandiyalik tajribali promouterlar jalb qilingan. Ular iyul oyining yarmidan boshlab shu yerda yashab, tayyorgarlik ishlariga yordam berishadi.

Joʻraboyev «ASIAN FIGHT — 2017″ni bir nechta xorijiy telekanal toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatishini, hozircha EuroSport bilan muzokaralar oxiriga yetganini aytdi.

Maʼlumotlarga koʻra, «ASIAN FIGHT — 2017» xalqaro turniri 2017-yil 9-sentabr kuni «Bunyodkor» stadionida boʻlib oʻtadi. Unda miks-silat professional yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari xorijlik raqiblari bilan kuch sinashadi. Ringga butun dunyoga oʻz ismini tanitayotgan Anvar Boynazarov, Mahmud Murodov, Hasan Barotov, Muhammadali Toshturgʻunovlar chiqishi kutilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar