Valeriy Tyan «O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbarligidan ketdi

Valeriy Tyan «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi rahbarligidan ketdi, deb xabar qildi Uz24.uz.

Foto: Senat.uz

U 2002-yildan milliy aviakompaniya bosh direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Nashr tarqatgan xabariga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari, Eksport salohiyati va mashinasozlikni, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari bo‘yicha kompleks rahbari, «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov uning o‘rniga tayinlangan.

Hozircha bu haqda rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Latest from Blog