UzReport “Vest Bromvich” — “Liverpul” va “Yunayted” — “Chelsi”ni jonli ko‘rsatadi

Angliya va Ispaniya chempionatlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport telekanali bugun — 16-aprel kuni ikki uchrashuvni namoyish qilishni rejalashtirgan.

Ulardan birinchisi 17:30 da start olib, chempionlikdan umidini uzmagan “Liverpul” “Vest Bromvich” mehmoni bo‘ladi.

20:00 dan boshlab esa turning markaziy o‘yinida Joze Mourinyo o‘zining sobiq klubi “Chelsi”ni qabul qiladi.

Ispaniya La ligasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan uch klub kecha — 15-aprel kuni maydonga tushgandi. To‘rtinchi jamoa — “Sevilya” ishtirokidagi o‘yin esa APLning markaziy o‘yini bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan UzReport bugun La ligaga e’tiborini qaratmaydi.

Angliya Premyer-ligasi
33-tur o‘yinlari
16-aprel, yakshanba

“Vest Bromvich” — “Liverpul” — 17:30
“Manchester Yunayted” — “Chelsi” — 20:00

Ispaniya La ligasi
32-tur o‘yinlari
16-aprel, yakshanba

“Leganes” — “Espanyol” — 15:00
“Valensiya” — “Sevilya” — 19:15
“Betis” — “Eybar” — 21:30
“Granada” — “Selta” — 23:45

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog