Uzmobile 1,5 yilda butun Uzbekiston hududini LTE tarmogʻi bilan qoplaydi

1 daqiqada oʻqiladi

Kompaniya rahbariyati xabariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirish uchun Uzmobile’da barcha kerakli asbob-uskunalar bor.

Foto: Sputnik

Uzmobile kelasi yilning oxiriga qadar Oʻzbekistonning barcha hududlarini 4G LTE — toʻrtinchi avlod uyali aloqa tarmogʻi bilan  qoplab oladi, deya xabar bermoqda kompaniya direktoriga tayanib Sputnik.

Kompaniya rahbari aytishiga qaraganda, buning uchun milliy uyali aloqa operatori Oʻzbekistonda 11 ming dona baza stantsiyalari oʻrnatishga qaror qilgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda hech qaysi uyali aloqa operatori bunday keng LTE tarmogʻiga ega emas. Kompaniyaning CDMA aloqa tarmogʻi ham respublikada eng yirik tarmoqlardan biri hisoblanadi.

“Hamkasabalarimiz Toshkentda bizdan oldin LTE aloqa tarmogʻini oʻrnatishni boshlagan boʻlsada, biz ulardan allaqachon oʻzib ketdik. Biz klaster texnologiyasi bilan jihozlangan, eng zamonaviy aloqa uskunalari buyurtma berishga ulgurdik.  Masalan, 4G aloqa tizimi eskirib qolgan taqdirda, uning klasterini olib yangi texnologiya klasteri bilan almashtiramiz, xolos. Ular 10-15 yil amalga oshirgan ishni biz — 2-3 yilda bajaramiz”, — dedi kompaniya rahbari.

Shuningdek, Kravchenko kompaniyaga bir qator imtiyozlar berilganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Biz yangi kompaniya boʻlganimiz va tezda rivojlanib abonentlar jamlashimiz  kerak boʻlgani uchun bizni bir qator ruxsatnoma olish jarayonlaridan ozod qilishgan edi. Hozir bizning oʻzimiz tijorat kompaniyasiga aylandik va baza stantsiyalari koʻproq boʻlishiga oʻzimiz manfaatdormiz. Biz ularni ishga tushirish uchun ruxsat olishga kerak boʻladigan hujjatlar jamlashimiz talab qilinmaydi”, – dedi kompaniya rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Uzmobile aloqa operatori 2015-yilning 15-aprelidan Toshkentda GSM tarmogʻini ishga tushirgan edi. Shundan soʻz Uzbekistonning barcha viloyat markazlarida ham GSM ishlay boshladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog