UZINFOCOM markazida rahbar o‘zgardi

13-sentabr kuni may oyidan buyon direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Aziz Muhitdinov UZINFOCOM rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda markaz blogida xabar qilindi.

Foto: Google Play

Aziz Muhitdinov (1985-yilda tug‘ilgan) muqaddam «O‘zbektelekom» kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida faoliyat ko‘rsatgan.

2016-noyabrdan buyon UZINFOCOM markaziga Husan Isayev rahbarlik qilib kelayotgan edi.

UZINFOCOM Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradi. Prezidentning 29-avgustdagi qarori bilan markaz bazasida Davlat axborot xizmatlari tizimini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator tashkil etildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar