Uzcard toʻlov tizimi ishida 27 iyul kuni uzilishlar kuzatilishi mumkin

Ertaga Uzcard toʻlov tizimi ishida 2 soatlik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi maʼlum qildi.

Foto: Uzreport.uz

«Profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-iyul kuni soat 01:30 dan 03:30 gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin», deyiladi Markaz xabarida.

Markaz maʼmuriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Latest from Blog