Uzcard plastik kartalariga MasterCard orqali pul oʻtkazish mumkin boʻladi

Uzcard tizimida MasterCard kartasi orqali pul oʻtkazish jarayoni sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sputnik

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi MasterCard xalqaro toʻlov tizimi va Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda MasterCard xalqaro toʻlov kartalari xizmatidan foydalanish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.

Ayni vaqtda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatning barcha viloyatlaridagi savdo-xizmat koʻrsatish korxonalarida MasterCard kartalaridan foydalanish uchun terminallarga dasturiy taʼminot oʻrnatish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yaqindagina Uzcard mijozlari uchun QIWI pul oʻtkazish tizimidan foydalanish imkoniyatini beruvchi xizmatni yoʻlga qoʻyganini eʼlon qilgandi. Mazkur xizmat asosan Rossiya hududida mehnat qiluvchi va daromadlarini oʻz yurtiga joʻnatuvchi Oʻzbekiston fuqarolariga moʻljallangan. QIWI tizimiga bogʻlanganidan soʻng onlayn-kartaga AQSh dollarida pul mablagʻlarini joʻnatish mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar