Uzbekistan Airways Jidda va Madinaga parvozlarni toʻxtatdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 27-fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga amalga oshiriladigan barcha parvozlarni toʻxtatdi, deya xabar qildi tashuvchi matbuot xizmati.

Bu Saudiya Arabistoni hukumatining 25 davlat, jumladan Oʻzbekistondan ziyoratchilar va sayohatchilarning kirishini vaqtincha toʻxtatgani bilan bogʻliq.

Mamlakat hukumati ushbu qarorning qabul qilinishini COVID-19 koronavirusi tarqalishi xavfining oldini olish zaruriyati bilan bogʻladi.

Uzbekistan Airways yaqin vaqtlarda Saudiya Arabistonidagi Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida bir qancha reyslar tashkil etilishini maʼlum qildi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Oʻzbekiston Musulmonlar idorasining 71−240−39−33 yoki aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga 78−140−02−00 raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Latest from Blog