Foto: Interfax.uz

“Uzbekistan Airways” Istanbulga parvozlarni bekor qildi

Turkiyada epidemiologik vaziyat ogʻirlashgan bir sharoitda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Istanbulga amalga oshiriladigan reyslarini bekor qildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.

“Epidemiologik vaziyat yomonlashuvi hamda Turkiya hukumati tomonidan 3 haftalik lokdaun eʼlon qilinganligi sababli “Uzbekistan Airways” reyslarni bekor qiladi”, deyilgan konsulxona xabarida.

Quyidagi muntazam parvozlar bekor qilindi:

  • 2021-yil 14-may kunidagi HY 273-274 Toshkent – Istanbul – Toshkent reysi;
  • 2021-yil 7, 10 va 14 – may kunlaridagi Samarqand – Istanbul – Samarqand reysi;
  • 2021-yil 1, 5, 8, 12, 15 – may kunlaridagi Fargʻona – Istanbul – Fargʻona reysi;
  • 2021-yil 2, 9, 16 – may kunlaridagi Urganch – Istanbul – Urganch reysi.

Maʼlumot uchun, Toshkent – Istanbul – Toshkent yoʻnalishida kunduzgi HY 271 — 272 reyslar oʻzgarishsiz bajariladi.

Latest from Blog