Uzbekistan Airways Dehliga charter reys amalga oshiradi

Uzbekistan Airways 12-sentabrda Toshkent—Dehli—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Korrespondent.uz

Xabarga koʻra, charter reys quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirish rejalashtirilgan (mahalliy vaqt koʻrsatilgan):

Toshkent—Dehli

Toshkentdan ketish vaqti — 17:00;

Dehliga qoʻnish vaqti — 20:30.

Dehli—Toshkent

Dehliga ketish vaqti — 22:30;

Toshkentga qoʻnish vaqti — 00:40 +-1.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam soʻramaslik soʻralgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog