Foto: Interfax.uz

Uzbekistan Airways 17 ta samolyotini sotadi va Boeingʻlarni Airbusʻlarga almashtiradi

/

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 30-aprel kuni prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” doirasida aviakompaniyani transformatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirishni rejalashtirmoqda.

Oktyabr oyigacha lizing beruvchiga uchta Boeing-757−200 samolyotini qaytarib berish, dekabrgacha esa ikkita Boeing-767 va ikkita Boeing-757 samolyotlarini sotish rejalashtirilgan. May oyining boshida aviakompaniya oltinchi Boeing-787 samolyotini qabul qilishi kutilmoqda.

Yil oxiriga qadar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ikkita Airbus A321neo LR (uzoq masofaga moʻljallangan versiyasi) samolyotini ijaraga olmoqchi. Shuningdek, kelgusi yilda yana uchta A321neo havo kemasini ijaraga olish koʻzda tutilgan. Yil oxiriga qadar toʻrtta A320 samolyoti ekonom toifasiga oʻtkazilib, toʻliq qayta jihozlash rejalashtirilgan (full economy).

Bundan tashqari, Mi-8 vertolyotining sotilishi va Uzbekistan Helicopters kompaniyasi uchun toʻrtta Airbus vertolyotining (ikkitadan H125 va H130) sotib olinishi kutilmoqda.

Xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar doirasida ikkita yoʻlovchi tashuvchi Boeing-767 samolyotini yuk tashish konfiguratsiyasiga qayta jihozlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, farmon bilan 1999−2013-yillarda ishlab chiqarilgan, sotish taklif etilayotgan 17 ta samolyot va simulyatorlarning roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatga beshta Boeing (757 va 767), beshta Il-76 TD, yettita Il-114−100, shuningdek Il-114−100 simulyatori kiritilgan.

Latest from Blog