«Uzbek Tigers» ushbu mavsumda boshqa jang oʻtkazmaydi – OAV

Butunjahon boks seriyasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiluvchi «Uzbek Tigers» jamoasi ushbu mavsumda janglar oʻtkazmaydi. Bu haqda Olamsport.com sayti oʻz manbalariga tayanib xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Xabarda bildirilishicha, nima uchun bunday qarorga kelinganining sababi maʼlum qilinmagan. “Yaqin vaqtlar ichida bu haqida rasman xabar beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, «Uzbek Tigers» bu mavsumda «Amerika» guruhida Kuba, Kolumbiya va Venesuela jamoalari bokschilariga qarshi jang oʻtkazishi lozim edi. 9-fevral kuni «Cuba Domadores»ga qarshi oʻtgan jangda jamoa 0:5 hisobida magʻlubiyatga uchragandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar