Foto: Interfax.uz

“UzAuto Motors” yangi avtomobil modellarini ishlab chiqaradi. Asakadagi zavodga 500ga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi

/

“UzAuto Motors” kompaniyasida boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oʻzgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu haqda tashkilot axborot xizmati xabar bermoqda.

Investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi ushbu platforma asosida, bir nechta modellarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellari.

Chevrolet Onix va Tracker modellarini oʻzlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan oʻrnatish va ishga tushirish ishlari joriy yilning 15-iyul sanasidan – 21-avgust sanasigacha rejalashtirilgan.

“UzAuto Motors”ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.

“Shu oʻrinda alohida taʼkidlaymiz, “UzAuto Motors” tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha barcha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi. Rejalashtirilgan modernizatsiya ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga taʼsir qilmaydi”, deyiladi xabarda.

Latest from Blog