Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlar tiklanganligini maʼlum qildi.
Parvozlar 30 martdan haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Seshanba kunlari:
Toshkent — Tbilisi uchish vaqti soat 16:10da, kelish vaqti soat 18:30da.
Tbilisi — Toshkent uchish vaqti soat 19:30 da, kelish vaqti soat 23:30 da
Juma kunlari:
Toshkent — Tbilisi uchish vaqti soat 20:40 da, kelish vaqti soat 23:00 da.
Tbilisi — Toshkent uchish vaqti soat 00:30 da, kelish vaqti soat 04:30 da.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Gruziya 5 martdan Oʻzbekiston fuqarolariga PZR-test mavjud boʻlgan taqdirda chegarani kesib oʻtishga ruxsat bergani xabar qilingan edi.