USAID suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun Yomonjar kanalini qayta tikladi

AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev bilan birgalikda Buxoro viloyatidagi Yomonjar irrigatsiya tizimini yangilashga bagʻishlangan virtual tadbir o‘tkazishdi. Qayta tiklash ishlari Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) amalga oshirayotgan “Suv, taʼlim va hamkorlik”(Smart Waters) loyihasi doirasida AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirildi.

suv
gazeta.uz

Yomonjar Oʻzbekistonning eng qurgʻoqchil hududlaridan biri boʻlib, u Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasida joylashgan sugʻorish kanalidir. Gidropostlar va oʻlchash uskunalarining mavjud emasligi sababli fermerlar oʻrtasida suv taqsimotining muvofiqlashtirilmaganligi hududdagi asosiy muammo edi. 1978-yilda qurilgan kanal Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi 8000 gektar yerni sugʻorish uchun asosiy kanal — Amu-Buxorodagi suvni yoʻnaltiradi, uning umumiy uzunligi 32,5 km boʻlib, qariyb 34 ming kishiga xizmat qiladi. Ushbu kanalda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan qayta tiklash ishlari toʻsiq inshooti, gidropostni qurish, suv chiqarish joylarini rekonstruktsiya qilish hamda kanal oʻzanini betonlashtirishni oʻz ichiga oldi.

suv-2
gazeta.uz

Elchi Rozenblyum oʻz nutqida shunday dedi: “Suv – bu hayot: u har qanday iqtisodiyotning oʻsishi, mintaqaviy tinchlik va barqarorlik hamda jamoaviy farovonligimiz uchun juda muhimdir. Qayta tiklangan Yomonjar kanali suvni tejash va uni mahalliy fermerlarga sugʻorish uchun taqdim etish boʻyicha mahalliy hamjamiyatlar tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi, bu ham oʻz navbatida iqtisodiy rivojlanish uchun ahamiyatlidir. Ushbu kanalni qurish va tiklash ishlarini qoʻllab-quvvatlaganimizdan juda mamnunmiz”.

Bundan tashqari, qayta tiklangan kanal ikki tuman oʻrtasida suv isteʼmolini hisobga olish va bu boradagi hisobotni takomillashtirishga, suv resurslarini boshqarishda shaffoflikni taʼminlashga hamda samaradorlikni oshirish va kanal oʻzanining infiltratsiyasini qisqartirish orqali suv yoʻqotishlarini kamaytirishga imkon beradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog