Foto: U.S. Embassy in Tashkent

USAID Oʻzbekistonda Suv va atrof-muhit boʻyicha oʻzining yangi mintaqaviy loyihasini boshladi

Bugun AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) suv va atrof-muhit boʻyicha oʻzining besh yilga moʻljallangan yangi mintaqaviy loyihasini Oʻzbekistonda boshladi.

Loyiha Markaziy Osiyoning beshta mamlakati hamda Afgʻonistonni qamrab olgan boʻlib, Sirdaryo va Amudaryo daryolari havzalarida umumiy boʻlgan suv resurslarini boshqarish boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori v.v.b. Syuzan Fayn loyiha boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan onlayn tadbirning ochilish qismidagi oʻz soʻzida suv resurslarini boshqarish mintaqadagi mavjud murakkab masalalardan biri boʻlib qolayotganligini qayd etib oʻtdi. Markaziy Osiyoning beshta mamlakatlari hamda Afgʻoniston oʻzlarining cheklangan suv resurslari taʼminotini tobora oʻsib borayotgan aholi va iqtisodiyot ehtiyojlari bilan qatʼiy iqlim oʻzgarishi sharoitida muvozonatlashtirish masalasida harakat qilishmoqda.

“USAIDning ushbu yangi loyihasi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo hamda Afgʻonistonda barqarorlikni, iqtisodiy farovonlikni va sogʻlom ekotizimlarni targʻib qilish uchun yana-da koʻproq imkoniyatlarni yaratadi.Oʻzbekiston Hukumatini barqaror taraqqiyotning muhimligini anglashini koʻrishdan xursandmiz va Oʻzbekistondagi hamda mintaqaning boshqa davlatlaridagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilishga intiq boʻlib qolamiz”, – deydi Syuzan Fayn.

Tadbirda Suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi, Energetika vazirliklari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida qatnashchilar suv – energetika — oziq-ovqat masalalarining uzviy bogʻliqligi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda umumiy boʻlgan suv resurslarini boshqarish yoʻlidagi mavjud milliy va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishdi va kelgusiga moʻljallangan rejalar toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirishdi.

Latest from Blog