“US open – 2020” musobaqasida Osakaga qarshi kutilmagan raqib kortga chiqadi

Katta sportdan ketishni rejalashtirgan Belaruslik Viktoriya Azarenko “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi AQSH ochiq chempionati finalida oʻynaydigan boʻldi. Bu haqda Sport.uz sayti xabar berdi.

US OPEN
Sport.uz

Bu yilgi AQSH ochiq chempionatida Azarenko ajoyib natija qayd etib, faoliyatida ilk bor mashhur tennis yulduzi Serena Uilyamsni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Qiziqarli tomoni, bunga yetti yil vaqt kerak boʻldi. Shiddatli kechgan yarim final uchrashuvida 1:6, 6:3, 6:3 hisobi qayd etildi.
Ikkinchi yarim finalda esa yaponiyalik Naomi Osaka mezbonlar vakilasi Jennifer Bredidan 7:6, 3:6, 6:3 hisobida ustun keldi.
AQSH ochiq chempionati finali amerikalik tennischilarsiz oʻtadi va bosh sovrin uchun Azarenko Osakaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog