Unutmaymiz, faxrlanamiz, sevamiz: Islom Karimov haqidagi sayt ishga tushdi

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi sayti ishga tushdi.

Birinchi Prezident xotirasini, uning mustaqillikni qoʻlga kiritishga, davlatchilikni qurishga qoʻshgan ulkan hissasini va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek uning merosini ommalashtirish yodgorlik majmuasining asosiy vazifalariga kiradi.

Majmua tarkibiga muzey, ilmiy-tadqiqot va taʼlim markazi, kutubxona hamda konferentsiya zali kiradi.

Majmua oʻz faoliyatini Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan oʻzaro hamkorlikda olib boradi.

Yodgorlik majmuasi saytida Islom Karimov tarjima holi hamda uning qalamiga mansub asarlar, fotogalereya bilan tanishish mumkin. Saytdagi maʼlumotlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida berilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar