Unutilmas ibrat

Bolaligimda bir dugonamiz boʻlardi. Mahallamizda bitta undagina “mama, papa”, deb gapiradigan, sochlari qoʻngʻiroq, kiyimlari ham antiqa, kattakon qoʻgʻirchoq bor edi. Bola ekanmiz-da, hammamiz unga havas qilardik. Qoʻgʻirchogʻini koʻtarib chiqsa, hamma qizlar uni oʻrab olardik. Birga “xola-xola” oʻynashga koʻnsa, sevinib ketardik. Qoʻgʻirchoq uniki boʻlgani uchun, oʻyin qoidalarini (kimning “xola”, kimning “amma”, kimning “qiz” yoki “kelin” boʻlishini) ham u belgilardi. Qoʻgʻirchogʻiga-ku hech kimning qoʻlini ham tegdirmasdi. Gohida oʻyin oʻrtasida shartta qoʻgʻirchogʻini olardi-da, ketib yuborardi. Biz soʻppayib qolaverardik…

Unutilmas ibrat

Bir kuni uyimizning omborxonasida yotgan eski, lekin kattakon qoʻgʻirchogʻimni olib chiqib, yuvib-taradim, sochlariga lentachalar taqdim. Toʻgʻri, u dugonamizning qoʻgʻirchogʻichalik chiroyli emasdi, gapirmasdi ham, ustiga-ustak bir qoʻli yoʻq, bir koʻzining ham shishasi sinib bitgan… lekin oʻzimizniki edi! Oʻsha kuni dugonalarim bilan rosa maza qilib “xola-xola” oʻynadik. Qoʻgʻirchoqli oʻrtogʻimiz uyining ostonasida bizni jimgina kuzatib oʻtirdi, hech kim uni oʻyinga chorlamadi ham. Biroz oʻtib u qoʻgʻirchogʻini olib chiqib, atayin koʻz-koʻz qila boshladi, lekin hech kim unga qiyo ham boqmadi. Qoldi bir chetda…

Jamiyatdagi ayrim voqealarni kuzatganimda, bolaligimdagi shu voqea esimga kelaveradi.

Dilfuza KOMIL

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog