UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida o‘zbek jurnalistlari bilan seminar tashkil etildi

Bugun, 17-fevral kuni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida mamlakatning ko‘zga ko‘ringan OAV rahbarlari, jurnalistlari va bloggerlari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari qo‘shma media reja ishlab chiqish hamda OAVda nogironligi bo‘lgan insonlar masalalarini yoritish qamrovini keygaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan bolalar masalalarini OAV tomonidan yoritishning sifat darajasini oshirish bu insonlarga nisbatan stigmaga qarshi kurashda, shuningdek ularning jamiyat hayotiga to‘liq qo‘shilishi va faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, deb ta’kidladi bugun UNICEF OAV rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvda.

Ishtirokchilar mazkur masalani etik jihatdan yoritishni takomillashtirish imkoniyatlarini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoninig asosiy yo’nalishlarini muhokama qildilar.

Ommaviy axborot vositalari turli masalalar bo‘yicha to‘g‘ri munosabatlarni shakllantirish, jamoatchilikka ma’lumot yetkazish va nogironlar, ayniqsa bolalar haqida salbiy tasavvurlarga qarshi turishda muhim rol o‘ynaydi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, bolalarga taaluqli bo‘lgan masalalarni rostmana va etik jihatdan to‘g‘ri yetkazib berishda OAVning ishtirokini oshirish barcha darajalardagi qaror qabul qiluvchilarning va jamoatchilikning e’tiborini mazkur masalalarga qaratishi, ularga nogironligi bo‘lgan bolalar faqatgina xayriya obyektlari emas, balki huquq egalari ekanliklarini yetkazishi mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturi va tegishli qonunlarning bajarilishida bu insonlarning muammolari hal etilishini ta’minlash maqsadida UNICEF O‘zbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Nogironligi bo‘lgan bolalar ko‘pincha oilalari va jamiyatdan ajratib qo‘yiladilar

UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Sasha Graumann.

Davlar statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan 84 ming 900 nafar bola nogironligi bo‘lgan insonlar sifatida ro‘yxatga kiritilgan.

14 636 nafar bola aqliy va jisomoniy nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda o‘z oilalaridan va jamiyatdan uzoqda yaxshaydi. Maxsus muassasalarda yaxhovchi barcha bolalarning taxminan 90 foizi nogironligi bo‘lgan bolalardir.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar