UNICEF va EOAVMA o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) o‘rtasida O‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Foto: unic.uz

UNISEF matbuot xizmati xabar berishicha, ikki tashkilot 2018-yilning oxiriga qadar har bir bola ravnaqi yo‘lida hamkorlik qiladi.

Memorandumga muvofiq, ayollar va bolalar hayotini yaxshilash va farovonligini oshirishga hamda bola huquqlarini tadbiq etishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.

Bolalarga mo‘ljallangan yuqori sifatli tele va radio dasturlarning soni oshiriladi, bolalar va yoshlarga o‘z hayotlariga taalluqli bo‘lgan mavzularda erkin fikr bildirish imkoniyatlari kengaytiriladi hamda O‘zbekistondagi nodavlat elektron OAVlarida ayollar va bolalar mavzularini yorituvchi dasturlar sifatini oshirish yo‘nalishidagi ishlar davom ettiriladi.

Memorandum doirasida, ko‘plab birgalikdagi tadbirlardan tashqari, OAV xodimlari salohiyatini oshirish, shuningdek, turli auditoriya uchun mo‘ljallangan zamonaviy va qiziqarli kontent tayyorlash uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadida Bolalar telestudiyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog