UNICEF Suriyadagi barcha tomonni o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi

2


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Suriyaning Idlib shahridagi Xon-Shayhun qishlog‘ida Bashar al-Asad rejimi tomonidan uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumi oqibatida kamida 27 nafar yosh bolaning jon berganligini ma’lum qildi.

UNICEF tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda oralarida yosh bolalar ham bo‘lgan 546 kishining ham tan jarohati olganligi va hujumda jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinganligi ta’kidlandi.

UNICEFning mintaqa rahbari Gert Cappeler esa, Suriyada bolalarning o‘lishiga bundan buyon jimgina qarab turolmasligini, barcha tomonni tezlik bilan urushni bas qilishga, o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog