United Airlines bortida janjal: yo‘lovchini reysdan kuch bilan olib qolishdi


Dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarda United Airlines aviakompaniyasining xavfsizlik xodimlari samolyot salonidan yolovchini kuch ishlatib reysdan olib qolishga harakat qilayotgan videosi faol muhokama qilinmoqda.

Videoda o‘rta yshlardagi erkak yo’lovchilardan birining qo‘lidan, keyin esa oyog‘idan samolyot yo‘lakchasidan tashqari tomon sudrab olib ketayotgani tasvirlangan.

Ushbu reys Chikagodan Kentukki shtatining Luisvill shahriga yakshanba oqshomida uchayotgan edi. United Airlines Twitter orqali janjal uchun uzur so‘radi va kompaniya ushbu ish yuzasidan tergov ochilishini ma’lum qildi.

Samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilardan birining Twitterda nashr qilgan 50 sekundli videosi 100 ming martadan ortiq retvit qilindi. Aniqlanishicha, aviokompaniya yo‘lovchilarga ortig‘i bilan chipta sotgan. O‘z xizmatchilarini samolyotga joylashtirish uchun ko‘ngililar qidirgan. Hech kim ko‘ngilli bo‘lishni istamaganidan so‘ng, xodimlar ko‘ngillini o‘zlari tanlashgan. Ular kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan doktor va uning xotinini tanlashgan.

Boshqa videorolikda yo‘lovchining jarohatlangani tasvirlangan. Uning qanday jarohat olgani noma’lum.

Kompaniyaning Twitterda qilgan bayonotida ushbu ish yuzasidan tergov amalga oshirilishi va bu hodisa standart tartibga mos kelmasligi haqida aytib o‘tilgan.

Latest from Blog