UMS bosh direktori Sirojiddin Faxruddinov Telekom kabel korxonasi direktori etib tayinlandi

2017-yil fevralidan UMS MChJ bosh direktori bo‘lib ishlab kelgan Sirojiddin Faxruddinov “O‘zbektelekom” AKning yangi Telekom kabel ishlab chiqarish korxonasi direktori etib tayinlandi, deb yozadi “Infocom.uz”.

Foto: Kun.uz

UMS MChJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi esa bungacha ushbu operatorning texnik direktori sifatida ishlagan Sobir Oripov bo‘ldi.

Sirojiddin Faxruddinov Toshkent elektrotexnika aloqa institutini aloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. UMS MChJga bosh direktor bo‘lguniga qadar Telmax Electronics MChJ ishlab chiqarish korxonasiga, shuningdek, “Koinot” AJga rahbarlik qilgan.

Latest from Blog